Nafis e’tiborGuldastalar
So‘zlardan ham ko‘proq aytadi.
Yaqinlaringizga, mehr bilan
Yaqinlaringizga gul va kichik sovg‘a — ular yashaydigan tumandagi do‘kondan. Ilova o‘rnatish shart emas: Fiora Telegram ichida ishlaydi.
Bir shahar narida bo‘lsangiz ham,
mehringiz yaqin bo‘lsin.
Kichik e’tibor. Katta quvonch.
Tumandagi gul do‘konlari
Yuborishdan oldin guldasta fotosi
Buyurtma holati Telegram’da
Har bir tuyg‘uga bir sovg‘a
Tug‘ilgan kun, minnatdorlik yoki shunchaki
“sizni o‘yladim” deyish uchun.
Nafis e’tiborSo‘zlardan ham ko‘proq aytadi.
Yorqin hislarOddiy kunni ham bayram qiladi.
Shirin qo‘shimchaGullarga yana bir tabassum qo‘shadi.
Tasvirlar illyustrativ. Assortiment va mavjudlik tanlangan hudud hamda do‘konga bog‘liq.
Sizdan niyat, bizdan qulaylik
Sovg‘a tanlashdan yetkazishgacha —
hammasi Telegram ichida.
Qabul qiluvchining tumanini tanlang — shu tumanga yetkazadigan do‘konlar ko‘rinadi.
Guldastani toping, do‘kondagi sovg‘alardan qo‘shing va bepul xat yozing.
Florist tayyor guldastani suratga oladi — yuborishdan oldin uni o‘zingiz ko‘rasiz.
Do‘kon o‘zi yetkazadi. Har bir bosqich haqida Telegram’ga xabar keladi.
Kutilmagan narx yo‘q
Buyurtmani tasdiqlashdan oldin
umumiy summa ko‘rinadi.
Har bir do‘kon o‘zi xizmat qiladigan tumanlar uchun yetkazish narxini belgilaydi. Narx mahsulot sahifasida va buyurtmani tasdiqlashdan oldin ko‘rinadi.
Yetkazish pulini buyurtma bilan birga to‘lash yoki kuryerga naqd berish — do‘kon qabul qiladigan usulni tanlaysiz.
Do‘kon buyurtmani qabul qilguncha uni bekor qilishingiz mumkin — to‘langan summa qaytariladi.
Gulga qo‘shilgan bir og‘iz so‘z
Guldasta yoniga samimiy xat qo‘shing. Ba’zan oddiy “borligingiz uchun rahmat”ning o‘zi yetarli.
Ilova o‘rnatish shart emas
Botni oching va pastdagi «🌸 Fiora uz» tugmasini bosing: katalog, savat va buyurtma holati — barchasi Telegram’da.
@fiorauzbot ni ochishBilish foydali
Ilovada oluvchining viloyati va shahar yoki tumanini tanlaysiz. Faqat shu hududga xizmat ko‘rsatadigan faol do‘konlar ko‘rinadi. Yetkazish imkoniyati do‘konning xizmat hududiga bog‘liq.
Guldastani tanlangan do‘kon tayyorlaydi va yetkazishni o‘zi tashkil qiladi. Yetkazish narxi va mavjud vaqt oraliqlari rasmiylashtirishda ko‘rsatiladi.
Ha. Savatda shu do‘konning sovg‘alari — shokolad, otkritka va boshqalar taklif qilinadi. Xat bepul: matnni o‘zingiz yozasiz yoki tayyor namunani tanlaysiz.
Florist tayyor guldastani suratga oladi va yuborishdan oldin foto buyurtma sahifangizda paydo bo‘ladi.
Yo‘q. Fiora Telegram ichida ishlaydi: @fiorauzbot ni oching va «🌸 Fiora uz» tugmasini bosing. Xohlasangiz, saytdagi katalogdan ham foydalanishingiz mumkin.
Birga ko‘proq quvonch ulashamiz
Mahsulotlar, xizmat tumanlari va buyurtmalar — bitta kabinetda. Kundalik ish uchun Telegram ichidagi sotuvchi bo‘limi ham bor.